17:26 / 12.02.2016
3170

Obama sport o‘yinlari natijasi uchun pul tikib turishini tan oldi

AQSh prezidenti Barak Obama «Stiven Kolber bilan kechki shou» ko‘rsatuvi paytida har doim sport musobaqalariga tikib borishini tan oldi. Bu haqda Card Player nashri xabar tarqatdi.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, mavzu 2016 yilgi Superboul finali haqida («Karolina Panters» va «Denver Bronkos» jamoalari uchrashgan) ketganida prezident: «Albatta, finalni ko‘rdim. Har bir Superboul uchrashuvidan keyin g‘olib chiqqan jamoaga qo‘ng‘iroq qilib, ularni g‘alaba bilan tabriklayman. Ba'zida esa mag‘lublarga ham telefon qilib turaman. Bu asosan men ularning g‘alabasi uchun tikkan paytimda sodir bo‘ladi», deya ta'kidlab o‘tgan.

Shuningdek xabarda qayd qilinishicha, Kolber Obamaga Nevada shtatidan tashqarida sport o‘yinlariga dov tikish AQSh qonunlariga zidligi eslatgan. Obama esa bunga javoban o‘zi buzgan qonunlarni o‘zi prezident sifatida kechirib yuborishini hazil tariqasida aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Superboulning bu yilgi finalida «Denver» jamoasi g‘alaba qozonib, MFL chempioni unvonini qo‘lga kiritgan.

Top