20:03 / 12.02.2016
18324

Rayhon sevgi SMSlari kelmay qo‘yganini aytdi

Besh kunlik yakkaxon konsert dasturiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Rayhon jurnalistlar bilan muloqotga ham vaqt ajratmoqda.
shov-shuv.uz sayti Rayhon bilan suhbatni e'lon qildi. Suhbat davomida jurnalistning “Nega to‘ylarda raqsga tushmaysiz?”, degan savoliga “To‘ylarda ham raqsga tushaman. Biroq, joy kichiklik qiladi. Harakatlanishga qulay libosda bo‘lmaymiz ham. Biroq, to‘ydagi ommaga imkon qadar energiya berishga harakat qilaman”, deya javob qaytargan.

Shuningdek, marhum pop qiroli Maykl Jyeksonning musiqasi, insoniy pozitsiyasi hamisha uni rom etib kelganini ta'kidlagan.
Savol-javoblarda oila, sog‘inch, sevgi mavzulari ham chet qolmagan. Hayoti davomida hammadan oldin onasini qattiq sevganini, hozirda aynan onasi unga yetishmayotganini aytgan.

Jurnalistining “Sevgi “sms”larini ham qabul qilyapsizmi?”, degan savoliga unday mazmundagi sevgi maktublarini olmay qo‘yganini ma'lum qildi.

 

Top