14:59 / 12.02.2016
6161

Rossiya trassalaridan birida qor odam yo‘l inspektori etib “tayinlandi”

Rossiya IIV o‘zining Twitter’dagi sahifasida haydovchilarni tezlikni tushirishga majbur qilishning o‘ziga xos uslubi haqida gapirib berdi.

“To‘siqlar ham, yo‘l belgilari ham yordam bermaganda, GIBDDovik (“snegovik” – qor odamga o‘xshatma) ishga kirishadi”, - deyiladi xabarnomada.

Suratda ko‘rinishida, qor odam yo‘l patruli inspektori qiyofasida yasalgan va uning yoniga tezlik 40 km/soatdan oshmasligi ko‘rsatilgan yo‘l belgisi qo‘yilgan. Bu qor odamni o‘z majburiyatlarini yaxshi anglaydigan noma'lum fuqaro yasagani aytilmoqda.

Top