08:23 / 12.02.2016
3412

«Sevilya» Ispaniya kubogi finalida «Barselona» bilan o‘ynaydi

11 fevral oqshomida Ispaniya Kubogining ikkinchi yarim final javob uchrashuvi o‘tkazildi. Unda «Selta» «Sevilya»ni qabul qildi 2:2 hisobidagi durangni qayd etdi.

Mezbonlar safida Aspas dubl qayd etib, jamoasini oldinga boshlagan bo‘lsada, mehmonlar hujumchilari Banega va Konoplyanka bittadan gol urgan holda kerakli natijani ta'minlashdi.

Dastlabki o‘yinda «Sevilya» 4:0 hisobida yirik g‘alabaga erishgandi. Shu tariqa, Unay Emeri shogirdlari finalga yo‘l olishdi va bosh sovrin uchun «Barselona»ga qarshi maydonga chiqishadi.

Ispaniya Kubogi, 1/2 final

Selta – Sevilya 2:2
Gollar: Aspas, 35, 55 - Banega, 57, Konoplyanka, 87
Selta: Blanko, Gomes, Malo, Planas, Orelyana, Vass (Kastro, 65), Dias (Radoya, 69), Ernandes, Bongonda, Aspas, Gvidetti (Xosep Sene, 72).
Sevilya: Riko, Kolodzeychak, Rami, Eskudero, Karrisu (Kristoforo, 63), Banega (Konoplyanka, 72), Iborra (Nzonzi, 56), Kron-Deli, Vitolo, Koke, Gameyro.
Ogohlantirishlar: Planas, Ernandes - Banega, Riko, Gameyro, Nzonzi.

Amalga oshirilmagan penalti: Gvidetti, 60 («Selta»)

Top