09:08 / 12.02.2016
3270

Shimoliy Koreya Keson sanoat hududida Janubiy Koreyaning aktivlarini muzlatib qo‘ydi

Shimoliy Koreya umumiy Keson sanoat hududida Janubiy Koreya korxonalarining aktivlari muzlatib qo‘yilganini e'lon qildi. Bu hududdagi ishlar Pxenyan tomonidan raketa uchirilgandan keyin Seul tomonidan to‘xtatib qo‘yilgan. Hududdagi qurilmalar, materiallar va mahsulotlar muzlatib qo‘yiladi.

Bundan tashqari, Pxenyan Janubiy Koreya fuqarolariga texnoparkni zudlik bilan tark etishni buyurdi. Bu orada Seulda Janubiy koreyaliklar chegarani kesib o‘tishgani ma'lum qilindi.

Ta'kidlanishicha, Janubiy koreyalik tadbirkorlarning texkoparkdagi 124 ta korxonasida 54 mingga yaqin Shimoliy koreyaliklar ishlagan. Shimoliy Koreya o‘zi uchun zarur bo‘lgan xorijiy valyutada daromad, Janubiy Koreya esa arzon ishchi kuchi olgan.

Bundan tashqari, Janubiy Koreya tomonidan elektr energiya uzatilishi to‘xtatib qo‘yildi, bu esa suv ta'minotining to‘xtashiga olib kelishi mumkin. Shimoliy Koreyada, o‘z navbatida, texnopark harbiy hudud deb e'lon qilindi va ikki Koreya orasidagi barcha kanallarning yopib qo‘yilishiga va'da berildi.

Top