15:02 / 12.02.2016
24660

Ulug‘bek Qodirov: “Majnun”- bu so‘nggi rolim bo‘lishi mumkin edi”

Bir necha kun avval Jahongir Ahmedovning “Majnun” filmi haqida ma'lumot bergan edik. Ijodiy jarayonlari nihoyalanib qolgan mazkur yangi film bilan bog‘liq turli shov-shuvlar, ma'lumotlar, rasmlar internet tarmog‘ida tarqamoqda.

Filmda bosh rolni ijro etgan aktyor Ulug‘bek Qodirov ham Instagram tarmog‘idagi sahifasiga film treylerini yukladi va "MAJNUN" bu – so‘nggi roli bo‘lishimi mumkin edi. Rahmaaattt lekin “HAMMA”ga...”, deb izoh qoldirdi.

Hozircha aktyor o‘z so‘zida “so‘ngi rolim” deganda nimani nazarda tutganini aytmadi. Shuningdek, “Rahmaaattt lekin “HAMMA”ga, deya kimga, nima uchun kinoya, piching va kesatiq ohangida izoh yozgani ham ma'lum emas.

Eslatib o‘tamiz, Jahongir Ahmedov “Tundan tonggacha”, “Qorako‘z”, “Omad”, “Tilim qursin”, “Ana xolos”, "Baxt ortidan" singari filmlar rejissyoridir.

Top