15:45 / 12.02.2016
2706

Xavi: Dibala va Verratti «Barselona» uchun tug‘ilishgandek, Pogba esa boshqacharoq futbolchi

Ispaniyaning «Barselona» klubi sobiq yarimhimoyachisi Xavi Ernandes kelajakda kataloniyaliklar safida ko‘rishni istagan futbolchilari borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Menga ikki nafar futbolchi yoqadi. O‘ylashimcha, aynan ularda «Barselona»ning bugungi o‘yin falsafasiga mos xislatlar mavjud. Ularda «Barselona» dezoksiribonuklein kislotasi (DNK) bor.

Bular Marko Verratti va Paulo Dibala. Ular aqlbovar qilmas darajadagi kuchli futbolchilar. Bu ikki futbolchi o‘zlarining yuqori saviyadagi o‘yini bilan «Barsa» o‘yin uslubiga juda oson moslashib keta olishadi. Kelajakda aynan shularni klubda ko‘rishni istayman.

Pol Pogbaga kelsak, u ham juda kuchli futbolchi. Men unga qarshi o‘ynaganman. Pol Fransiya terma jamoasida yorqin o‘yinlar namoyish etishga ulgurdi va endilikda bu ishni «Yuventus» tarkibida amalga oshirmoqda.

Shunday bo‘lsada, u biz namoyish etgan futboldan boshqacharoq o‘ynaydi, deb o‘ylayman. Lekin shunga qaramay, agar jamoada uni sotib imkoniyati bo‘lsa, buni juda yaxshi qabul qilgan bo‘lardim», – deya Xavidan iqtibos keltiradi El Mundo Deportivo.

Top