15:25 / 12.02.2016
6547

Xitoyliklar nishonidagi yana bir futbolchi nomi aytildi

Xitoy chempionati vakillaridan biri Angliya chempionatining nomdor jamoasidagi nomdor futbolchilardan birini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.

Daily Mirror nashri xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" futbolchisi Ueyn Runi xitoyliklarning navbatdagi o‘ljasiga aylanishi mumkin.

Xabarda ayni vaqtda "Shanxay Telleys" jamoasini boshqarib turgan, o‘z vaqtida Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlagan Sven-Yoran Erikssonning ushbu futbolchiga qiziqish bildirayotgani aytiladi.

Eslatib o‘tish joizki, Xitoy futbolida ayni vaqtda inqilobiy jarayon kechmoqda va chempionatning har bir ishtirokchisi o‘z safini 4 nafargacha legioner bilan to‘ldirishga kirishgan.

Bundan tashqari, qishki transferlar vaqtida Xitoyning "Tszyansu" jamoasi "Shaxtyor"dan braziliyalik 25 yoshli futbolchi Aleks Teysheyrani 50 mln yevroga transfer qilish orqali qishki transferlar tarixidagi rekordni qayd etdi. Undan oldinroq, "Guanchjou" "Atletiko"dan 42 mln yevro evaziga Jyekson Martinesni xarid qilish orqali ilk rekordni o‘rnatgandi.

Top