12:20 / 13.02.2016
8579

iOS’da telefonni butunlay ishdan chiqarishning oddiy usuli aniqlandi

So‘nggi vaqtlarda ko‘plab foydalanuvchilar Apple kompaniyasi dasturiy ta'minotidan norozi bo‘lishmoqda. iOS’ning so‘nggi versiyalarida ko‘plab mayda kamchilik uchramoqda va kompaniya buni bartaraf etishga ko‘p vaqt sarflamoqda.

Biroz avval foydalanuvchilar iOS’ning yana bir jiddiy kamchiligini aniqlashdi. Unga ko‘ra iPhone, iPad yoki iPod touch’da sana 1970 yilning 1 yanvariga o‘zgartirilsa, ular ishdan chiqadi va yoqilganda kompaniya logotipi davomiy ravishda ko‘rsatib turadi. iTunes yordamida dasturiy ta'minotni yangilash ham ushbu muammoni hal qilmaydi.

Ma'lum bo‘lishicha, ushbu kamchilik iPhone 5 va undan yangi bo‘lgan smartfonlar (Apple, iPad Air, Air 2, iPad Mini 2, 3, 4, shuningdek, iPod touch 6) da kuzatilmoqda. Bu kamchilik dasturiy ta'minotning versiyasiga bog‘liq emas va barcha iOS’da kuzatilishi mumkin.

Ushbu muammoning sababi iOS’ning ajdodi bo‘lgan UNIX-tizimida bo‘lishi ham mumkin. Sababi 1970 yilning 1 yanvari UNIX’da “0”li (boshlang‘ich) vaqt hisoblanadi. 

Sizlarni ushbu kamchilikni o‘z smartfoningizda tekshirib ko‘rmaslikka chaqiramiz!

Top