16:08 / 13.02.2016
23644

Medvedev: Rossiya va AQSh yana bir bor sovuq urush holatida

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning ma'lum qilishicha, "Rossiya va NATO davlatlari o‘zaro yangi sovuq urushni boshlashdi". Bu haqda Meduza xabar qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro hamjamiyat mavjud ziddiyatlar davrida o‘zaro hamkorlikning ahamiyatini to‘g‘ri tushinishlari va bu hamkorlikni "uchinchi dunyo davlatlarini larzaga solish" evaziga olib borishlari kerak emas.

"Deyarli har kuni bizni NATO uchun, yoki Yevropadagi yoki Amerikadagi davlatlar uchun tahdid solayotganlikda ayblashadi. Turli qo‘rqinchli filmlar ishlashadi va bu filmlarda rossiyaliklar yadro urushi boshlayotgani ko‘rsatiladi. Ba'zida o‘ylab qolamanki, biz 2016 yildamizmi yoki 1962 yilda?", dedi u Myunxendagi konferensiya vaqtida.

Uning aytishicha, Rossiya va G‘arb davlatlarining Yevropa va Atlantika hududi xavfsizligi bo‘yicha muloqotga kirishishi dunyodagi global beqarorlik barham topishini ta'minlaydi.

O‘z chiqishida Medvedev Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi munosabatlarni iliqlashtirish va hamkorlikni tiklashga chaqirgan. U Rim papasi Frantsisk va partiarx Kirillning 12 fevraldagi uchrashuvini "munosabatlarning iliqlasha boshlashi" sifatida baholab o‘tgan.

Sobiq Ittifoq qulagach, Rossiya va NATO o‘rtasida xavfsizlikni ta'minlash sohasidagi masalalarni muhokama etish uchun kengash tuzilgandi. Ammo bu kengash 2014 yilda Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishidan keyin faoliyatini to‘xtatdi. 13 fevral kuni NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan bu kengash faoliyatini tiklash imkoniyatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida ma'lum qilgandi.

Top