20:39 / 13.02.2016
4203

Samsung iPhone 7 uchun chiplar ishlab chiqarmaydi

Samsung kompaniyasi Apple`ning kelgusidagi flagmenlari uchun chiplar ishlab chiqarmasligini ma'lum qildi. The Electronic Times nashrining xabar berishicha, iPhone 7 smartfonlari uchun yagona chip yetkazib beruvchi Tayvanning TSMS kompaniyasi bo‘lishi kutilayapti.

Apple smartfonlari A10 6 yadrolik chip bilan ta'minlanadi. Tayvanning TSMS kompaniyasi chiplarni 10-nanometrlik texnojarayon asosida ishlab chiqaradi.

TSMC kompaniyasi chip ishlab chiqarish sohasida yetakchilardan biri sanaladi. Alohida ta'kidlash kerakki, mazkur kompaniya ilk bor 10-nanometrlik texnojarayon asosida chip ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan kompaniya sanaladi.

Top