06:57 / 13.02.2016
5659

Shimoliy Koreya yetakchisi Apple kompyuterlarini xush ko‘rishda gumon qilinmoqda

Internet foydalanuvchilari Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni fotosuratlarda mamlakatning qurolli kuchlari tomonidan ishlatiluvchi kompyuterlar qurshovida ko‘rishga ko‘nikib qolishgan. Bu kompyuterlar tashqi ko‘rinishidan odatda oddiygina dizaynga ega ofis kompyuterlaridir.

Biroq Kotaku nashrining ta'kidlashicha, Kim Chen In AQShga nisbatan nafratlanishi haqida gapirishiga qaramasdan, Apple kompaniyasi kompyuterlarini xush ko‘rishining bir qator isboti mavjud.

Misol uchun, 11 fevralda Reuters axborot agentligi muxbiri Jyeyms Pirson Shimoliy Koreya yetakchisining MacBook Pro noutbuki oldida o‘tirgani fotosurati bilan bo‘lishdi.

Shuningdek, Kim Chen In AQSh kompaniyasining boshqa texnikasi yonida o‘tirgani tasvirlangan boshqa fotosuratlar ham mavjud.

2014 yilda Gizmodo portali ham Shimoliy Koreyaning shaxsiy Red Star operatsion tizimi Mac OS operatsion tizimini mayda-chuyda jihatlarigacha takrorlashiga e'tiborni qaratgandi.

Gizmodo fikricha, Kim Chen Inning Mac’ni xush ko‘rishi unga otasidan o‘tgan. Shimoliy Koreyada safar qilishga muvaffaq bo‘lgan Google direktorlar kengashi raisi Erik Shmidt Shimoliy Koreyaning sobiq prezidenti Kim Chen Ir bilan "noutbuklar borasida bir xilda didga ega ekanliklarini" so‘zlab bergandi. Ular uchrashgan vaqtlarida ikkalovlari ham 15 dyuymli MacBook Pro noutbukidan foydalanishar edi.

Top