23:29 / 13.02.2016
4590

Turk harbiylari Suriya shimolidagi kurdlarni o‘qqa tutdi

Turk harbiylari Suriya shimolidagi kurdlar pozitsiyalarini artilleriyadan o‘qqa tutdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Bu haqda Turkiya hukumatidagi manba ma'lum qildi.

"Turkiya qurolli kuchlari A'zos tumanidagi "Demokratik ittifoq" kurd partiyasining pozitsiyalarini o‘qqa tutdi", deb aytdi manba va Turkiya bu partiyani terrorchilik guruhi deb hisoblashini ta'kidlab o‘tdi.

Top