20:13 / 14.02.2016
3966

Arsen Venger: Ikkinchi taymda biz raqibga nisbatan o‘ta beshafqat bo‘ldik

«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger APLning 26 turida «Lester» ustidan qozonilgan o‘ta muhim g‘alabadan keyin jurnalistlarga intervyu berdi.

«Barcha tomondan qaraganda ham biz bugun yaxshi o‘ynadik. Kuch, energiya va kuchni to‘g‘ri taqsimlash - buning barchasi bugun to‘g‘ri amalga oshirildi. «Lester» o‘yin davomida himoyada harakatlandi. Lekin birinchi taymida darvozamizga belgilangan 11 metrlik jarima zarbasi biz uchun yaxshi bo‘lmadi.

O‘sha vaziyatda avval O‘zilni yiqitishgandi va hakam hushtak chalmagach, o‘yinni davom ettirishdi. Penalti belgilanishi ham shubhali bo‘ldi, bu vaziyatning takrorini ko‘rib chiqish kerak.

Penaltidan gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin ikkinchi taymga shogirdlari katta ishtiyoq bilan, raqibni yanchib tashlash uchun tushishdi. Yana ko‘proq gol urishimiz kerak edi. Biz bu o‘yinni yutqazsak, «Lester»dan 8 ochko ortda qolib ketishimiz mumkin edi. 2 ochkolik va 8 ochkolik farq orasida farq bor.

Yanvarda bizda noxush seriya bo‘ldi. Ketma-ket 4ta o‘yinda g‘alaba qozona olmadik. Lekin endi bu tushkunlikdan chiqib ketdik va ketma-ket 2 o‘yinda g‘alaba qildik. Chempionlik uchun kurashni davom ettiramiz.

Oldimizdagi yo‘l uzoq, biz hali yana katta jamoalarga qarshi muhim o‘yinlarda maydonga tushishimiz kerak», – deydi Venger.

"Arsenal" "Lester"ga qarshi o‘yinning oxirgi daqiqasida g‘alabaga ega chiqdi

Top