09:11 / 14.02.2016
3761

Cherishevning goli «Valensiya»ga La Liganing keyingi 13 turdagi ilk g‘alabani olib keldi

13 fevral kuni Ispaniya chempionati 24-turida "Valensiya" "Espanol"ni qabul qildi.

Uchrashuvda dastlab mehmonlar hisobni ochishdi. 52-daqiqada Duarte gol muallifiga aylandi. 71-daqiqada Alvaro Negredo hisobni tenglashtirdi.

76 daqiqada esa Denis Cherishev "ko‘rshapalaklar"ga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.

Bu esa Gari Nevill "Valensiya" murabbiyligiga kelganidan keyin La Liga o‘yinlaridagi o‘ninchi o‘yinidagi ilk g‘alabasi bo‘ldi. Shu vaqtgacha angliyalik mutaxassis jamoa bilan 4ta mag‘lubiyat va 5ta durang qayd etgandi.

"Valensiya" oxirgi marta o‘tgan yilning 7 noyabrida g‘alabali o‘yin o‘tkazgandi.

Ispaniya chempionati, 24-tur

Valensiya – Espanol 2:1
Gollar: Negredo, 71, Cherishev, 76 - Duarte, 52
Valensiya: Diyego Alves, Aderlan Santos, Sikeyra, Joau Kanselu, Abdennur (Ruben Vezu, 7), Parexo, Peres, Cherishev (Barragan, 84), Feguli, Rodrigo (Negredo, 58), Pako Alkaser.
Espanol: Lopes, Alvaro Gonsales, Alvares, Lopes, Duarte, Asensio, Diop, Abraam, Burgi (Roko, 80), Kaysedo (Sanches, 66), Silla (Moreno, 12).
Ogohlantirishlar: Peres - Alvaro Gonsales, Diop, Abraam.

Top