00:29 / 14.02.2016
4408

Janluiji Buffon futbol tarixidagi eng yaxshi darvozabon deb topildi

Italiyalik darvozabon Janluiji Buffon France Football jurnalxonlari orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra futbol tarixidagi eng yaxshi darvozabon deb topildi. Ovoz berishda 24 548 kishi ishtirok etdi.

Buffonga umumiy ovozlarning 44 foizi berildi. 2-o‘rinni Fransiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Faben Bartez (17 foiz) egalladi. 3-o‘rinni esa "Oltin to‘p" olgan yagona darvozabon hisoblanadigan afsonaviy Lev Yashin va Germaniya terma jamoasining sobiq darvozaboni Oliver Kan egalladi. Ularga 7 foizdan ovoz berilgan.

Ro‘yxatning keyingi o‘rinlaridan ispaniyalik Iker Kasilyas va nemis Manuel Noyyer (6 foizdan), gollandiyalik Edvin van der Sar (3 foiz), italiyalik Dino Dzoff va daniyalik Peter Shmeyxel (2 foizdan), chexiyalik Petr Chex, nemis Zepp Mayyer, inglizlar Gordon Benks va Piter Shilton hamda ispaniyalik Rikardo Samora (1 foizdan) joy oldi.

38 yoshli Buffon Italiya terma jamoasi safida jahon chempioni va Yevropa chempionatining kumush medali sohibi, 8 karra Italiya chempioni va ikki karra Chempionlar Ligasi finalchisi bo‘lgan.

Top