15:42 / 14.02.2016
5165

OAV: "Bavariya" Gvardiolani muddatidan oldin iste'foga chiqarishi mumkin

Myunxenning "Bavariya" jamoasi mavsum yakunida jamoani tark etishini bildirgan Xosep Gvardiolani muddatidan oldin ishdan bo‘shatishi mumkin.

Sunday Express nashrida yozilishicha, jamoa rahbariyati Gvardiolaga "Bavariya"ni YeChLning nimchorak finalida "Yuventus" to‘sig‘idan olib o‘tish shartini qo‘ygan.

Xabarda aytilishicha, mavsum yakunida jamoadan ketib, "Manchester Siti" boshqaruviga borishi haqida oldindan e'lon qilish orqali myunxenliklar rahbariyati noroziligiga uchragan.

Eslatib o‘tamiz, Gvardiola mavsum yakunida "Manchester Siti"da Pellegrinining o‘rnini egallaydi. Uning o‘rniga esa "Bavariya"ni Karlo Anchelotti boshqara boshlaydi.

Top