09:58 / 14.02.2016
4684

Pentagon Shimoliy Koreya tomonidan qit'alararo raketa ishlab chiqilishi tafsilotlarini ma'lum qildi

Pentagonning AQSh kongressiga bergan hisobotidagi ma'lumotlarga ko‘ra, Shimoliy Koreya qit'alararo ballistik raketa ishlab chiqishda davom etmoqda. Bu raketa "AQShning qit'adagi qismiga yetib borishi mumkin". Bu haqda Bloomberg’dagi manbaga iqtibos keltirgan holda RNS nashri xabar bermoqda.

AQSh mudofaa vazirligi hisobotidagi ma'lumotlarga ko‘ra, Shimoliy Koreya loyihalashtirayotgan KN-08 raketasi 5,5 ming kilometrdan ko‘proq uzoqlikka ucha oladi.

Ta'kidlanishicha, Shimoliy Koreya ayni vaqtda g‘ildirakli shassi negizida 6 ta mobil qurilmaga ega.

Pentagonda ta'kidlanishicha, bunday qurilmani kuzatish shaxtada joylashgan uchirish qurilmalaridan uchiriluvchi raketani kuzatishdan qiyinroq. Biroq shunga qaramay, xavf darajasi KN-08 raketasining "qanchalik muvaffaqiyatli loyihalanishi va yaratilishiga" bog‘liq bo‘ladi.

Top