17:01 / 14.02.2016
5500

Toshkent davlat sharqshunoslik institutining talabalar turar joyida Navoiyxonlik va Boburxonlik kechasi bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat sharqshunoslik institutining talabalar turar joyida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan adabiy kecha tashkillashtirildi. Tadbirda TDShI “Sharq filologiyasi” fakultetining dekani Qudratilla Omonov Alisher Navoiy va Zahiriddin Muxammad Boburning ijodi va hayoti haqida so‘zlab, “Navoiy hamda Bobur asarlarini o‘qigan, g‘oya va qarashlarini anglagan odam hayotda kam bo‘lmasligini”, ayniqsa, talabalik davrida bunga alohida g‘ayrat qilish kerakligini alohida ta'kidladi.

Anjumanda “Sharq filologiyasi” fakultetining “Turkiy tillar” kafedrasi mudiri Jumali Shabanov so‘z oldi. O‘z ma'ruzasini talabalarga viktorina savollari bilan murojaat qilishdan boshladi. So‘ng, Alisher Navoiy hayoti haqidagi spektakldan parcha ijro etib, Navoiy hayoti haqida so‘zlab berdi.

Tadbirda talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy dastur ham namoyish etildi. Ayniqsa, talabalar ulug‘ shoirlarning g‘azallarini turli tillarda o‘qib bergani barchaga manzur bo‘ldi.

Nafosat Zafarova
TDShI “Kamolot” YoIH BT Kengashi a'zosi

Top