13:50 / 15.02.2016
5018

“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJni modernizatsiya qilish uchun tender e'lon qilindi

“O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJni modernizatsiya qilish uchun tender e'lon qildi.
Boshlang‘ich baho 151 mln dollar. Tender ikkita lot bo‘ycha e'lon qilindi.

Birinchi lot gazni qayta ishlash texnologiyalarini sotib olish bo‘yicha. Jihozlar yiliga 455,5 ming tonna gazni qayta ishlash imkoniga ega bo‘lishi kerak. Loyihaning tadbiq etilish muddati 17 oy. Lotning boshlang‘ich qiymati $141,98 mln dollar.
Ikkinchi lot doirasida yiliga 80 ming tonna oltingugurt granulalari ishlab chiqarish quvvatiga ega texnologiyalarini harid qilish. Loyiha 2016 yilga qadar amalga oshiriladi. Boshlang‘ich narxi $9,2 mln dollar.

Tenderda qatnashuvchilarning takliflari joriy yilning 12 martiga qadar qabul qilinadi. Tanlov 2016 yilning birinchi yarmida o‘tkaziladi.
Muborak gazni qayta ishlash zavodi 1971 yilda faoliyat boshlagan. Hozirda zavod 30 mlrd.kubmetrga yaqin tabiiy gaz, 570 ming tonna gaz kondensati va 417 ming tonna oltingugurt ishlab chiqaradi.

Top