09:11 / 15.02.2016
3816

Berlin drama teatri ustunlariga 14 mingta qutqaruv nimchasi joylashtirildi

58-yoshli xitoylik rassom Ay Veyvey (Ai WeiWei) Gretsiyaning Lesbos oroliga qochoqlar tashlab ketgan 14 mingta qutqaruv nimchasini to‘pladi va mashhur Berlin drama teatri ustunlariga joylashtirib chiqdi.

Shu tarzda Veyvey yevropa yetakchilarini Suriya va Afg‘onistonlik qochoqlarga yetarli darajada e'tibor qaratmayotganiga munosabat bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning o‘zida O‘rta yer dengizi orqali Yevropaga o‘tishga urigan 400 nafar qochoq suvga g‘arq bo‘lgan.

Top