06:48 / 15.02.2016
7615

BMTning sobiq bosh kotibi Kofi Annan qanday qilib aktyor Morgan Frimanga aylanganini so‘zlab berdi

BMTning sobiq bosh kotibi Kofi Annan bir marta uni taniqli gollivudlik aktyor Morgan Friman deb qabul qilishganini so‘zlab berdi. Bu qiziq voqea haqida Annan Myuxendagi xavfsizlik bo‘yicha konferensiyada eslab o‘tdi.

Annan bir necha yil avval, BMT bosh kotibi lavozimidan ketgandan keyin Italiya shimolidagi villaga dam olgani borgan. Biroq tez orada osoyishtalik uni zeriktirib, u yaqin oradagi qishloqqa gazeta sotib olgani borgan.

Yo‘lda unga bir guruh erkaklar uchragan va ular unga sinchkovlik bilan qaray boshlashgan. Annan mahalliy aholi uni tanib qolib, endi osoyishta hordiqdan asar ham bo‘lmasligidan biroz xafa bo‘lgan.                        

Erkaklardan biri uning yoniga kelib bir parcha qog‘oz uzatib, "Morgan Friman, menga dastxat bera olasizmi?", deganda yanglishganini anglagan.

Kofi Annan erkakka jilmayib, qog‘ozda "K. Friman", deb dastxat qo‘yib bergan.

"Hamma sizni taniydi, deb o‘ylayverish kerak emas", deb hikoyasini intiholadi Annan.

Top