15:25 / 15.02.2016
2496

Farg‘ona viloyatida o‘tgan yili 414 ming tonna meva, 783 ming tonna sabzavot yetishtirildi

Ma'lumotlarga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida meva-sabzavot yetishtirishni yanada ko‘paytirish va eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan maxsus chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Barcha agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi natijasida hosildorlik o‘sib bormoqda.

Ayni paytda bog‘dorchilik yo‘nalishidagi 4 ming 700, sabzavotchilikdagi 650 dan ortiq fermer xo‘jaligida dala yumushlari qizg‘in. Hozirga qadar 14 ming gektar bog‘ oralari ekishga tayyorlanib, 6 ming gektarga sabzavot ekildi, deb xabar beradi O‘zbekiston milliy axborot agentligi.

Bundan tashqari, kelajakjda bog‘dorchilik va sabzavotchilik yo‘nalishida 17 yangi agrofirma tashkil etish va 1 million 800 ming tonnadan ortiq mahsulot yetishtirish rejalashtirilgan.

Top