16:56 / 15.02.2016
3077

Instagram’ning yangi funksiyasidagi xatolik sababli boshqa foydalanuvchining ma'lumotlarini ko‘rish imkoni bo‘lmoqda

Avvalroq Instagram’ning yangi versiyasida bir nechta akkauntdan foydalanish imkoni yaratilgani haqida ma'lum qilgan edik.

Android Central  bergan xabarga ko‘ra, yangi funksiyadagi xatolik tufayli undan foydanish vaqtida foydalanuvchilar boshqa akkaunt egasining bildirgilarini ko‘rishi mumkin.

Bordiyu ikki va undan ortiq foydalanuvchilar umumiy qo‘shimcha akkauntdan foydalanishsa, ular bir-birlarining asosiy akkauntiga kelgan bildirgilarni ham ko‘ra olishlari mumkin.

Ushbu bildirgilar bosilganda boshqa foydalanuvchining login va paroli so‘raladi. Shunday bo‘lsa-da, bildirgilar orqali ham boshqa foydalanuvchining kim bilan gaplashayotganini haqida ko‘pgina ma'lumotlarni bilib olish mumkin bo‘ladi.

Ma'lum qilinishicha, bu xatolik kam sonli foydalanuvchilarda kuzatilgan. 

Top