07:49 / 15.02.2016
4006

Shimoliy Koreya yetakchisi ko‘proq yo‘ldosh uchirish zarurligini aytdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 7 fevralda raketa-tashuvchining uchirilishida ishtirok etganlar sharafiga uyushtirilgan banketda "ko‘proq ishchi sun'iy yo‘ldoshlar" uchirilishi zarurligini aytib o‘tdi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi ma'lum qildi.

"Kosmik apparatning inqilob va mustaqillik yo‘lida muvaffaqiyatli parvozi Shimoliy Koreya xalqiga ishonch berdi va mamlakat rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqchi bo‘lgan dushmanlariga zarba berdi", deb aytdi Kim Chen In.

Banketning rasmiy qismidan keyin Shimoliy Koreyada mashhur bo‘lgan "Moranbon" qizlar pop guruhi chiqishi bo‘lib o‘tdi.

Top