11:25 / 15.02.2016
2779

«Ohangaronsement» AOJ yanvar oyida 147 ming tonna sement ishlab chiqardi

«Ohangaronsement» AOJ 2016 yilning birinchi oyida 147 ming tonna sement va 97,26 ming tonna klinker (sement ishlab chiqarish uchun yarimfabrikant) ishlab chiqardi. Bu orqali 2015 yilning birinchi oyi holatiga nisbatan mos ravishda 6,9 va 45,2 foizlik o‘sishlar qayd etilgan.

Korxona o‘z iste'molchilariga 2016 yilning 1 oyida yetkazib bergan yuqori sifatli sement (50 kilogrammli maxsus paketlardagi) hajmi 26,7 foizga ortgan (8419 tonna).

Top