10:02 / 15.02.2016
2615

Tokio tinchlik bitimi to‘g‘risidagi muloqotga tayyorlanmoqda

Tinchlik shartnomasi bo‘yicha muzokaralarning uchinchi raundi boshlanishi munosabati bilan Tokioda Rossiya va Yaponiya tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari uchrashuv o‘tkazadilar.

“Ikki tomon kun tartibida belgilangan masalalar yuzasidan konstruktiv muloqotga ham, xalqaro dolzarb muammolar muhokamasiga ham tayyorman” –deydi Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Igor Morgulov.

Yaponiya tashqi ishlar vazirligi vakili Tikaxito Xirada ham o‘z navbatida ikki mamlakat o‘rtasidagi “ijobiy o‘sish” haqida gapirdi.

Avvalroq Yaponiya yetakchi partiyasi raisi o‘rinbosari Putin davrida tinchlik shartnomasi imzolanishiga umid qilayotgani haqida xabar qilingandi.

Top