17:29 / 15.02.2016
3942

Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida "Kamolot" kubogi o‘tkazildi

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti boshlang‘ich tashkiloti tomonidan 2016 o‘quv yilining 8-12 fevral kunlari sportning futbol turi bo‘yicha “Kamolot” kubogi” musobaqasi institut bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning saralash bosqichida institutdagi quydagi fakultetlar ishtirok etishdi:

* Gidromelioratsiya fakulteti;

* Suv xo‘jaligida menejment fakulteti;

* Suv xo‘jaligini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash fakulteti;

* Irrigatsiya gidrotexnika inshoatlarini qurish va ulardan foydalanish fakulteti;

* Yerdan foydalanish va yer kadastri fakulteti;

* Magistratura mutaxassisligi jamoalari ishtirok etishib, keskin va murosasiz baxslarni olib borishdi.

Saralash bosqichi 8-10 fevral kunlari bo‘lib, unda ishtirok etgan jamoalar o‘zlarining raqiblariga munosib qarshilik ko‘rsatgan holda yarim final yo‘llanmalarni qo‘lga kiritdi.

Yarim final bahslari 11 fevral sanasida bo‘lib o‘tgan birinchi juftligida Gidromelioratsiya fakulteti jamoasi - Irrigatsiya gidrotexnika inshootlarini qurish va ulardan foydalanish fakulteti jamoasi uchrashib, unda birinchi jamoaning 2-1 hisobidagi g‘alabasi qayd etildi.

Yarim finalning ikkinchi juftligida Suv xo‘jaligini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash fakulteti jamoasi - Yer tuzish va yer kadastr fakulteti jamoasi bilan kurashga kirishib, ushbu o‘yinda mehmonlar 5-2 hisobini qayd etib finalga chiqdi.

Musobaqaning final o‘yini 12 fevral sanasida o‘tkazildi. Finalda Yer tuzish va yer kadastr fakulteti jamoasi Gidromelioratsiya fakulteti jamoasi 2-3 hisobida yutqazdi.

Musobaqalarni mingdan ortiq talaba-yoshlar bevosita maydonda kuzatib borishdi.

Final o‘yini yakunida institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Mirzayev, ma'naviy-marifiy ishlar bo‘yicha prorektor Q.Shovazov hamda institut “Kamolot” YoIH BT Kengashi yetakchisi U.Alimov tomonidan g‘oliblarga va sovrindor o‘rin sohiblariga diplom hamda esdalik sovg‘alar topshirildi.

Shundan so‘ng tashkilotchilar tomonidan o‘yinlarni halollik va odillik bilan boshqarib borgan hakamlar guruhi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti talabalari Bobur Davidov, Jasur Abduqodirov, Qahromon Norqobilov hamda Toshkent irrrigatsiya va melioratsiya instituti Jismoniy tarbiya kafedrasi assisenti Vohid Maxmudov va institut iqtidorli talabasi Baxrom Xolxo‘jayev ham diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

“Kamolot” kubogi Gidromelioratsiya fakulteti jamoasi sardori Shoxrux Musurmonovga topshirildi.

Top