16:47 / 15.02.2016
21483

Toshkentning Nukus ko‘chasida sodir bo‘lgan qo‘rqinchli YTH natijasida 2 kishi halok bo‘ldi

11 fevral kuni Toshkent shahrining Nukus va Taras Shevchenko ko‘chalari kesishmasida sodir bo‘lgan avtohalokat natijasida ikki kishi, jumladan bir nafar yosh bola vafot etgan. Yana to‘rt nafar og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan, deya xabar bermoqda «Novyy vek» nashri.

«1993 yilda tug‘ilgan Viktor Tokarev boshqaruvidagi «Lasetti» avtomobilining tormoz tizimi to‘qnashuvdan oldin ishlamagan», – deya gapirib o‘tgan mahalliy DAN xodimi.

Xodimning xabariga ko‘ra, «Lasetti» katta tezlikda Nukus ko‘chasiga Mirobod bozori tomonga harakatlangan.

Manbaga ko‘ra, mazkur avtohalokatga sabab bo‘lgan haydovchi o‘z joniga qasd qilishni istagan bo‘lishi mumkin.

Top