16:40 / 15.02.2016
8268

Uchuvchining ko‘ziga lazer nuri yo‘naltirilishi tufayli samolyot London aeroportiga qaytdi

Virgin Atlantic aviakompaniyasi samolyoti uchuvchining ko‘rish imkoniyatiga yerdan turib yo‘naltirilgan lazer nuri tufayli ta'sir ko‘rsatilgach, majburiy ravishda Londondagi Hitrou aeroportiga qaytib qo‘ndi. Bu haqda Associated Press xabar tarqatgan.

Uchuvchilar bu hodisadan keyin Atlantika okeani ustidan Nyu-Yorkka parvozni amalga oshirmaslikka qaror qilishgan. Yo‘lovchilarga tunash uchun mehmonxona berilgan.

"Biz bu lazer nurining yo‘naltirilish manbasini izlashda hukumat bilan hamkorlik qilamiz", deyilgan aviakompaniya xabarida.

Fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, Buyuk Britaniyada 2015 yilning birinchi yarmida 414 marta yerdan turib, samolyotga lazer nurini yo‘naltirish hodisasi qayd etilgan. 2014 yilda esa bunday hodisalar miqdori 1440ta bo‘lgan.

Top