18:07 / 16.02.2016
8007

Amerika fuqarolarining o‘z armiyalariga ishonchi susaydi

The Hill ma'lumoti bo‘yicha, ayni paytda 49 foiz amerikaliklar AQShni dunyodagi eng kuchli harbiy mamlakat, deb hisoblashadi. Mutaxassislarning fikricha, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatgich (59 foiz)ga nisbatan keskin pasayishdir. Bundan tashqari, bu oxirgi 20 yil ichida eng past daraja.

So‘rovnomada qatnashganlarning uchdan ikki qismi eng kuchli armiyaga ega bo‘lish AQSh uchun eng muhim ustuvor masala deb hisoblaydi, lekin faqat 37 foizigina hukumat mudofaa uchun xarajatlarni oshirish lozim, degan fikrda.

Bunday natijalarga G‘arb olamida IShID jangarilari tug‘dirayotgan xavf-xatarning ortib borayotgani sabab bo‘lishi mumkin.

Top