08:50 / 16.02.2016
2740

AQShning sobiq prezidenti Jimmi Karter yana bir bor «Gremmi» mukofoti laureati bo‘ldi

AQShning sobiq prezidentlaridan biri Jimmi Karter yana bir marta «Gremmi» mukofotini oldi. WALB telekanali orqali ma'lum qilinishicha, unga bu mukofot «Hayotning bahosi: 90 yoshdagi fikrlar» nomli plastinkasi uchun berilgan.

Ma'lumot uchun, Karter 2007 yilda ham bu mukofotni qo‘lga kiritgan, shuningdek 7 marta «Gremmi» uchun nomzod bo‘lgan.

O‘tgan yili AQShning sobiq prezidentlaridan yana biri Bill Klinton hamda amaldagi prezident Barak Obama shunday mukofot olgandi. Bundan tashqari, Jon Kennedi va Franklin Ruzveltning nutqlari yozilgan plastinkalar g‘olib chiqqan.

Jimmi Karter - AQShning 39-prezidenti sanaladi. U 1977 yildan 1981 yilgacha Oq uy rahbari bo‘lgan. 2002 yilda u Nobel mukofoti laureati bo‘lgandi. Ayni vaqtda bu siyosatchi 91 yoshda.

Top