23:04 / 16.02.2016
3885

British Airways aviakompaniyasi parvoz vaqtida yo‘lovchilardan yong‘oq iste'mol qilishdan voz kechishni iltimos qiladi

British Airways aviakompaniyasi parvoz vaqtida yo‘lovchilardan yong‘oq, jumladan, yoryong‘oq iste'mol qilishdan voz kechishni iltimos qiladi. Bu haqda Metro nashri xabar bermoqda.

Yo‘lovchilarga samolyot bortiga yong‘oq olib chiqishga ruxsat beriladi, biroq aviatashuvchi parvoz vaqtida yo‘lovchilarga yoryong‘oq taklif qilmaydi yoki sotmaydi hamda allergiyasi bor yo‘lovchilardan bundan samolyotdagi xodimlarni xabardor qilish so‘raladi.

Kompaniya matbuot kotibining aytishicha, ayni vaqtda kompaniya o‘z siyosatini yangilamoqda. Unda qo‘shimcha chora sifatida yo‘lovchilardan yong‘oqli mahsulotlarni iste'mol qilishdan tiyilish so‘raladi. Yangi qoida 18 fevraldan kuchga kirishi kutilmoqda.

British Airways‘ning bu qarori oziq-ovqat allergiyasidan aziyat chekuvchilar uchun katta g‘alaba deb ataldi.

Top