17:05 / 16.02.2016
2598

Buxoroda jazo muddatini o‘tab qaytganlar ish bilan ta'minlandi

O‘zbekiston Respulikasi Prezidenti Islom Karimov taqdimnomasiga binoan 2015 yil 3 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma uch yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, Buxoro viloyatida ham ijtimoiy xavfi uncha katta bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etgan va boshqa toifadagi shaxslarga nisbatan amnistiya akti qo‘llanilib, jazodan ozod etildi.

Hozirda ularning hayotga moslashuvi va himoyasiga oid choralarni amalda ro‘yobga chiqarish bo‘yicha maxsus komissiya faoliyat yuritib kelmoqda. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan fuqarolar ijtimoiy hayotga tezroq moslashuvi va jamiyatda o‘z o‘rnini topib olishi uchun davlat va nodavlat tashkilotlar hamkorlikda yordam berayapti.

Ma'lumotolarga ko‘ra, davolanishga ehtiyoji borlar ambulator va statsionar sharoitda sog‘lomlashtirilmoqda. Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari yordamida 100 ga yaqin kishi ish bilan ta'minlandi. Voyaga yetmaganlar esa ota-onalari, vasiylar va homiylar nazoratida. Bir necha o‘smir ta'lim muassasalarida o‘qishini davom ettiradi, deb yozadi O‘zbekiston milliy axborot agentligi.

Top