21:15 / 16.02.2016
5795

Messi italiyalik qo‘shiqchi Eros Ramazottiga darvoza ortida turib gol urish mashqini ko‘rsatib berdi

Taniqli italiyalik qo‘shiqchi Eros Ramazotti besh karra "Oltin to‘p" sohibi Lionel Messi bilan uchrashish uchun Kataloniyaga, "Barselona" jamoasi bazasiga keldi.

Mezbonlar qo‘shiqchi bilan mashg‘ulot maydonida qisqa muddatli mashqlar o‘tkazishgan. Bu jarayon tasvirlangan videoda Ramazotti, Messi, Inesta va Buskets o‘zaro kvadrat hosil qilib bir-birlariga to‘p oshirishganini, ularga kataloniyaliklar murabbiyi Luis Enrike ham qo‘shilganini ko‘rish mumkin.

Lionel bu mashqdan zerikkach esa darvoza chizig‘idan orqada turib, to‘pni aylantirgancha tepgan va uni darvoza ichiga kiritgan.

Top