10:51 / 16.02.2016
3571

OAV: AQSh Janubiy Koreyaga 4ta F-22 Raptor qiruvchi samolyotlarini joylashtirmoqchi

AQSh Janubiy Koreya hududiga 4ta "ko‘rinmas" deb ham nomlanuvchi F-22 Raptor rusumli qiruvchi samolyotlarini joylashtirishni rejalashtirgan. Bu haqda "Yonhap" agentligi xabar tarqatgan.

Nomini sir saqlashni istagan janubiy koreyalik harbiy amaldorning ma'lumotiga ko‘ra, beshinchi avlod qiruvchi samolyotlari 17 fevral kuni Koreya yarim oroliga yetib kelishi rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, F-22 samolyotlari olib kelinishi fevral oyi boshida shimollik koreyslarning yadroviy sinov o‘tkazganiga javoban amalga oshiriladi.

Bundan oldinroq, Janubiy Koreya tomoni KXDRdan himoya tariqasida chegara hududiga 3ta ZRK Patriot joylashtirgani haqida xabar qilingandi.

Top