15:50 / 16.02.2016
5507

«Paxtakor» yangi futbolchilarni tanishtirish marosimini o‘tkazdi

2016 yilgi mavsum oldidan «Paxtakor» tarkibiga bir qator yangi futbolchilarni taklif etdi va ular bilan shartnoma imzoladi. 15 fevral kuni mavsum boshlanishi arafasida yangi o‘yinchilarni tanishtirish marosimi tashkil etildi. Unda klub rahbariyati va yangi futbolchilar qatnashib, savollarga javob qaytarishdi.

Jamoa safiga mavsum arafasida Temur Jo‘rayev, Akobir To‘rayev, Azim Ahmedov, Suhrob Berdiyev va Oybek Qilichev kelib qo‘shilgan.

Jamoani Yegor Krimets, Aleksandr Lobanov, Kaxi Maxaradze va Merzlyakov kabi futbolchilar tark etishgan.

Top