20:33 / 16.02.2016
3197

Ro‘za Qo‘ziyeva Jahon kubogida bronza medalini qo‘lga kiritdi

Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida davom etayotgan pauerlifting sport turi bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Milliy Paralimpiya terma jamo a'zosi Ro‘za Quziyeva 50 kg. vazngacha bo‘lgan sportchilar orasida 95 kilogramm toshni o‘ziga bo‘ysindirib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Vatanimiz sharafini, shuningdek, Ahror Bozorov (80kg) va Nuriddin Davlatov (107kg) vazn toifasida himoya etadilar.

Mazkur nufuzli musobaqada 42 davlatdan 204 nafar sportchi ishtirok etmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston paraolimpiya qo‘mitasi Axborot xizmati.

Top