12:15 / 16.02.2016
9197

Ta'lim muassasalarida “Internetdagi tahdidlardan himoya” nomli kitobning taqdimoti o‘tkazilmoqda

Global tarmoq—internetning rivoji insonlarga ko‘p qulayliklar yaratishi bilan birga, turli xafv-xatarlarning avj olishiga ham sabab bo‘lmoqda. Chunki cheksiz-chegarasiz mazkur vosita bugun buzug‘unchi kuchlarning asosi quroli va g‘oyalarini targ‘ibot qiluvchi qurol vazifasini ham bajarmoqda. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Aydarbek Tulepovning yangi nashrdan chiqqan “Internetdagi tahdidlardan himoya” nomli kitobi ana shu masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan.

Ayni kunlarda turli ta'lim dargohlarida mazkur kitob taqdimotiga bag‘ishlangan kechalar bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xodimlari, dinshunos olimlar, madaniyat va san'at sohasi vakillari ham ishtirok etmoqda.

“Bugun ma'naviy tahdidlar, asosan, internet tarmog‘i orqali amalga oshirilayapti. Bu hech kimga sir emas. Ayniqsa, millatimizga yot g‘oya va mafkuralar yoshlar ongini zaxarlayapti. Buning oqibatida odamlar jabr chekayapti, oilalar parokanda bo‘layapti, bolalari yetim qolayapti. Balog‘atga yetgan har bir inson imonini mustahkam qilib, yaxshi va yomonni farqlashi zarur. Nafsga berilmaslik, yomon ishlarga bosh qo‘shmaslik ikki dunyo saodatiga erishish, ilmli bo‘lish, xalqiga, millatiga foyda keltirish haqida o‘ylashi kerak.

Turli tahdidlarga qarshi kurashish va yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish asoslari, buzg‘unchi g‘oyalarning asl qiyofasi Aydarbek Tulepovning “Internetdagi tahdidlardan himoya” nomli kitobida hayotiy faktlar, savol-javoblar va psixologik testlar orqali batafsil ifodalangan”, deydi Shayxontohur tumani bosh imom xatibi, Shayx Zayniddin jome masjidi imom xatibi Odilxon qori Ismoilov O‘zbekiston milliy universitetida bo‘lib o‘tgan taqdimot marosimida.

Ana shunday tadbirlar Toshkent tibbiyot akademiyasi, TATU, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent temir yo‘llar muhandislari instituti, Toshkent oliy harbiy texnika bilim yurti, Toshkent madaniyat kolleji, va “Hadichai Kubro” bilim yurtida ham bo‘lib o‘tdi.

Top