20:12 / 16.02.2016
4016

Yaponiyalik aktyor butafor qilichidan olingan jarohat tufayli halok bo‘ldi

Yaponiyada teatri aktyori Daigo Kasino teatrda samuraylar ishtirokidagi sahnalarda ishlatiladigan butafor qilichidan olingan jarohat tufayli halok bo‘ldi. Bu haqda The Japan Times xabar tarqatgan.

Bu hodisa 15 fevral kuni Tokioda yuz bergan. 33 yoshli Kasino Tokiodagi studiyalardan biridagi repetitsiyada ishtirok etgan. U qilich bilan ishlash vaqtida hayot uchun xavfli jarohat olgan.

Aktyorni shifoxonaga olib borishgan, lekin shifokorlar uning hayotini saqlab qola olishmagan.

Mahalliy politsiya ma'lumotiga ko‘ra, uning o‘limiga sabab bo‘lgan butafor qilichining uzunligi 73 santimetrga teng bo‘lgan.

Top