13:01 / 17.02.2016
11063

“Qiyalab” borayotgan Yunon qishlog‘i

Markaziy Gretsiyadagi Ropoto qishlog‘i 2012 yilda o‘z holiga tashlab qo‘yilgan. 300 dan ortiq oilalar o‘z uylarini tashlab, ko‘chib ketishga majbur bo‘ldilar, chunki qishloqdagi binolar sekin-asta cho‘kib, tepalikdan pastga qarab qiyalay boshlagan.

Tashlandiq qishloqda hozir faqatgina umumiy binolar — maktab, mehmonxona va cherkovlar qolgan.
Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, hukumat mazkur holat yuzasidan odamlarga hech qanday yordam ko‘rsatmagan, bu ham yetmagandek, ba'zilar hamon mol-mulk solig‘ini to‘lashyapti. 

Ijtimoiy tarmoqlarda sayohatchilar tomonidan olingan tobora “qiyshayib” borayotgan qishloq aks etgan suratlar tez-tez paydo bo‘lib turadi.

Top