17:43 / 17.02.2016
2361

“Turkish Open – 2016”: Nikita Rafalovichda oltin

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasidan ma'lum qilinishicha, Turkiyaning Antaliya shahrida davom etayotgan taekvondo (WTF) bo‘yicha “Turkish Open – 2016” xalqaro turnirida tajribali sportchimiz Nikita Rafalovich barcha raqiblari ustidan g‘alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo‘lgan. Jasur Boyqo‘ziyev va Maksim Rafalovich kumush medal bilan taqdirlangan.

Qizlar o‘rtasidagi bahslarda Madinabonu Mannopova va Svetlana Osipova ikkinchi, Charos Qayumova, Nigora Tursunqulova va Go‘zal Norboboyeva uchinchi o‘rinni egallagan, deb yozadi

Top