14:02 / 17.02.2016
2696

2015 yilda 3 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi

2015 yilda O‘zbekistonda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 3 trillion so‘mni tashkil etdi. Xalq iste'moli 1 trillion so‘mdan oshdi. Soha kompaniyalari tomonidan 188 turdagi yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarildi. O‘zlashtirilgan 205 millard so‘mlik mablag‘ evaziga 75 turdagi yangi mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Bu haqida “O‘zbekengilsanoat” OAJ tomonidan O‘zbekiston MMMda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

“O‘zbekengilsanoat” AJ tasarrufidagi eksportyor korxonalar soni 254 taga yetib, bir milliard dollardan ziyod mahsulot eksport qilindi. Eksport tarkibiga tayyor tikuvchilik-to‘qimachilik mahsulotlarining yangi turlari, modellari, naqsh trikotaj mahsulotlari kiritilgan.

Ta'kidlash lozimki, ishlab chiqarilayotgan tekstil va trikotaj mahsulotlari 55 tadan ziyod davlatga eksport qilinmoqda. O‘tgan yili Kolumbiya, Braziliya, Salvador, Pokiston, Gruziya, Xorvatiya, Nigeriya va boshqa davlatlarda yangi bozorlar o‘zlashtirildi. Xitoy, Rossiya, Belarus, Latviya, Janubiy Koreya, Turkiya, Germaniya va boshqa mamlakatlardagi halqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etdi.

Investitsiya dasturi doirasida 2015 yilda 187,3 million dollarlik sarmoya jalb etilgan. Shu bilan birga, o‘tgan yili 33 korxona faoliyati yo‘lga qo‘yilib, 12,5 mingta yangi ish o‘rni yaratilgan.

2016 yil oxiriga qadar 1,1 milliard dollarlik mahsulotlar eksport qilish hamda 32 investitsiya loyihalarini amalga oshirish belgilangan. Shuningdek, 24 ta yangi korxonalarni ishga tushirish, 8 ta modernizatsiya qilish evaziga 12 700 yangi ish o‘rnini yaratish kutilmoqda.

Top