15:17 / 17.02.2016
3194

Lavessi «PSJ»dan «Xebey Chayna Forchun» jamoasiga o‘tdi

Qishki transferlar vaqtida eng ko‘p davom etgan jarayon, «PSJ» jamoasi hujumchisi Esekiel Lavessining Xitoy chempionatiga o‘tishi bo‘yicha ishlar yakunlandi.

31 yoshli futbolchi faoliyatini Xitoyning «Xebey Chayna Forchun» jamoasida davom ettirishi aniq bo‘ldi. Futbolchi xitoyliklar bilan 2 yillik shartnoma imzolagan.

U yangi jamoasida birinchi yilda 13, ikkinchi yilda esa 15 mln yevro maosh oladi.

Qayd etish kerakki, Lavessining parijliklar bilan shartnomasi joriy yilning yozida yakunlanishi kerak edi. Shu tufayli «PSJ» rahbariyati bu futbolchisini 6 mln yevro evaziga bo‘lsada sotishga rozi bo‘lgan.

Bundan oldinroq, «Xebey Chayna Forchun» Gael Kakuta («Sevilya»), Stefan Mbia («Tabzonspor») va Jyervinoni («Roma») xarid qilib ulgurgandi.

«Xebey Chayna Forchun» Lavessini xarid qilib, unga yiliga 15 mln yevro maosh to‘lamoqchi

Lavessi Xitoyning "Shanxay Shenxua" klubiga o‘tishga rozilik berdi

Lavessi Xitoy jamoasiga o‘tib, katta pul topishdan ko‘ra "Inter"da o‘ynashni ma'qul ko‘rmoqda

«Xebey Chayna Forchun» Lavessini xarid qilib, unga yiliga 15 mln yevro maosh to‘lamoqchi

Lavessi Xitoy jamoasi taklifini qabul qilib, 2 yilda 30 mln yevro ishlab oladigan bo‘ldi

Top