14:45 / 17.02.2016
25302

O‘zbekistonliklar Rossiya universitetlarida bepul o‘qish imkoniga ega bo‘ldi

Rossiyaning Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi masalalari bo‘yicha Federal agentligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi Rossiya oliy o‘quv yurtlarida bepul ta'lim olish uchun tanlovga ro‘yxatdan o‘tish boshlangani to‘g‘risida e'lon qildi.

Tanlovning saralash bosqichida O‘zbekiston fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va O‘zbekistonda yashovchi rossiyaliklar ishtirok etishlari mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun 2016 yilning 17 fevralidan 21 fevraliga qadar nomzodlar o‘z anketalarini rcnk@inbox.ru pochta manziliga yuborishlari kerak.

Tanlovning keyingi bosiqichi haqidagi ma'lumotlar Vakolatxona saytiga joylashtiriladi.

Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tganlar Rossiyadagi oliy o‘quv yurtlarida bepul ta'lim oladilar. Talabalarning o‘qishi Rossiya Federatsiyasining federal byudjyeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi, deb yozadi uz24.uz internet nashri.

Top