20:08 / 17.02.2016
18015

Qozog‘iston janubida mahalliy qozoqlar va turklar o‘rtasida nizo yuz berdi

Qozog‘istonning Jambul viloyati Buril qishlog‘ida 16 fevral kuni mahalliy aholi o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.

To‘polon 15 fevral kuni qishloqdagi uylarning biridan tanasida pichoq izlari bor o‘g‘il bolaning murdasi topilgandan keyin boshlangan. Qotillikda gumon qilinib turk millatiga mansub mahalliy fuqaro qo‘lga olingan.

"16 fevral kuni ko‘p sonli aholi qishloqdan ko‘chib ketishini talab qilib ayblanuvchining xonadoniga bostirib kelganlar", deb xabar beradi NewTimes.kz nashri.

Isyonga politsiya jalb etilgan. Qozoq va turk jamoalarining oqsoqollari muzokaralar olib borib, odamlarni tinchlanishga da'vat etishgan. Huquqni muhofaza qilish organlari va mahalliy hokimiyat rahbarlari ham kelib, hammani uy-uyiga tarqalishni so‘rashgan.

Qotillikda gumon qilinayotgan odamning oilasi boshqa joyga ko‘chirilgan.

Top