10:56 / 17.02.2016
2896

Sofi Loren ishtirok etgan filmdagi Ferrari 17 mln dollarga baholanmoqda

1961 yili, bor yo‘g‘i 37 nusxali tirajda ishlab chiqarilgan, Ferrari 250 Gt SWB California Spider rodsteri Amelia Island kim oshdi savdosiga qo‘yiladi.

1963 yilda "Kecha, bugun, ertaga" filmida (Sofi Loren va Marchello Mastroyani bosh rolda) suratga olingan mashinani kamida 15 million dollarga baholashmoqda. Avtomobilning oxirgi sotilish bahosi 17 million dollar bo‘lishi kutilmokda.

1957 yildan 1963 yilgacha Ferrari qisqabazali 106ta, uzunbazali versiyada 56ta 250 Gt California Spider rodsterlarini sotuvga chiqardi. Bundan tashqari bu mashina kuzovi Scaglietti atelesi tomonidan qayta ishlangan 37ta nusxadan biri hisoblanadi. Ma'lum bo‘lishicha, mashina yangi holida 1961 yili sotib olingan. Keyinchalik u 1978 va 1985 yillarda ikkita sohibini almashtirgan. Mashinaga 240 ot kuchiga ega, 3 litrli V12 dvigateli o‘rnatilgan. Tezlik uzatish qutisi 4 bosqichli "mexanika".

Agar Ferrari 250 GT California Spider avtomobilini kim oshdi savdosida 17 million dollar evaziga sotib olishsa, mashina kim oshdi savdolarida sotilgan eng qimmat mashinaga aylanadi.

Hozirda bu ro‘yxatdagi 1 va 2-o‘rinlarda 1962 yilgi Ferrari 250 GTO Barlinetta va 1957 yilgi 335 Sport Scaglietti avtomobillari joy olishgan.

Amelia Island kim oshdi savdosi 11 martda Floridada bo‘lib o‘tadi.

Top