14:00 / 17.02.2016
2647

XXR fuqarosi Baykalortida o‘zining uch vatandoshi qotiliga aylandi

XXR fuqarosi Chjan Sichen 2014 yil avgust oyida Baykalorti o‘lkasida o‘zining uch vatandoshi qotilligida ayblanib, 24 yilga qamaldi. Bunday qarorni Baykalorti o‘lkasi sudi qabul qildi, deb habar berdi sud matbuot kotibi Viktoriya Mixaylyuk.

“Sud 55 yoshlik Chjan Sichenni uch kishining qotilligida va bir qancha kishilarning joniga qasd qilishida aybdor deb topib, 24 yilga ozodlikdan mahrum qilgan. U Rossiyaning qat'iy jazo o‘tash koloniyasiga jo‘natiladi. Bunga javoban Sichen odilona chiqarilgan hukmga minnatdorchilik bildirib, shuni aytib o‘tdiki, XXRda bunday jinoyatga o‘lim jazosi tayinlanadi”, - deydi Mixaylyuk.

Bundan tashqari, sud xitoylikni marhumlardan birining qiziga ruhiy ziyonni qoplash uchun 2 mln rubl va 151 ming rubl miqdorida dafn qilish xarajatlarini to‘lash majburiyatini yukladi.

2014 yilda Chjan Sichen rafiqasi bilan Rossiyaga pul topish maqsadida kelgan va Krasnokamenskdagi fermalarning birida cho‘pon bo‘lib ishlagan. Tergov ma'lumotiga ko‘ra, 16 avgust 2014 yil kechasi Sichen kechki ovqat chog‘ida mast bo‘lgan vatandoshi uning asabiga tegib, yaqinda ferma egasi barcha chorvalarni sotib, uni ishdan haydashini aytgan.

“Cho‘pon u bilan tortishib, janjallashishni boshlagan. Bu vaqtda Sichen ikki vatandoshini o‘ldirib, uchinchisini qattiq jarohatlagan. Keyin esa u pichoq bilan fermadagi boshqa xitoyliklarga va asli XXR fuqarosi bo‘lgan ferma egasiga ham hujum uyushtirgan. Ferma egasi pichoqdan 13 marta tan jarohati olib, vafot etgan. Uning yordamchisi esa qochishga ulgurgan”, - davom ettirdi sud matbuot kotibi.

Keyin Sichen Xitoydagi o‘g‘liga qo‘ng‘iroq qilib, u bilan xayrlashib o‘zining joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan. Shifokorlar uning va og‘ir jarohat olgan XXR fuqarosining hayotini saqlab qolishgan. Aybdor o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lgan.

Top