08:17 / 18.02.2016
3403

"Barselona" Ispaniya chempionatining qoldirilgan o‘yinida "Sporting Xixon" jamoasini yengdi

"Barselona" klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgani uchun Ispaniya chempionatining dekabr oyida bo‘lib o‘tgan 16 turidan qoldirilgan Xixonning "Sporting" jamoasiga qarshi safar o‘yinini 17 fevral oqshomida o‘tkazdi. Bu o‘yinda kataloniyaliklar ishonchli hisobda g‘alabaga erishishdi.

Dastlab Lionel Messi 25 daqiqada hisobni ochdi va o‘zining La Ligadagi gollari sonini 300taga yetkazib oldi. 2 daqiqadan keyin mezbonlar vakili Kastro hisobni tenglashtirdi. 31 daqiqada esa Messi yana bir gol urib, jamoasini oldinga boshladi 2:1.

Ikkinchi bo‘limda, o‘yinning 62 daqiqasida Luis Suares mezbonlar darvozasi tomon belgilangan 11 metrlik jarima zarbasida xato qildi. Lekin uning o‘zi 5 daqiqa o‘tgach gol urib, hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi va bu o‘yindagi yakuniy hisob bo‘ldi.

Shu tariqa, kataloniyaliklar barcha musobaqalarda ketma-ket 31-o‘yinda mag‘lub bo‘lishmadi va jamoa o‘z rekordini yangilashdi.

Avvalgi eng yaxshi natija Xosep Gvardiola boshchiligida 2010/11 yilgi (28ta o‘yin) mavsumda o‘rnatilgandi.

Luis Enrike boshchiligidagi jamoa so‘nggi marta 2015 yilning 3 oktabr kunida “Sevilya”dan (1:2) mag‘lub bo‘lgandi.

Endilikda Luis Enrike shogirdlari 60 ochko to‘plagan holda ikkinchi o‘rindagi "Atletiko"ni 6 ochkoga ortda qoldirmoqda. Madridning yana bir jamoasi "Real" hisobidagi ochkolar soni esa 53ta.

Ispaniya chempionati
16-turning qoldirilgan o‘yini
Sporting Xixon – Barselona 1:3 (1:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 25 Messi, 1:1 – 27 Kastro, 1:2 – 31 Messi, 1:3 – 67 Suares.
Sporting – Kuelyar, Lora, Lixnovski, Xorxe Mere, Kanelya, Maskarel, Kases, Peres (Lopes, 68), Xalilovich, Menendes (Barrera, 74), Kastro (Djoni, 68).
Barselona – Bravo, Aleish Vidal, Pike (Bartra, 81), Mate, Adriano, Rakitich, Buskets (Maskerano, 80), Turan, Messi, Suares, Neymar.
Ogohlantirishlar: Xorxe Mere (61), Buskets (78), Kanelya (90).

Messi "Sporting Xixon"ga qarshi uchrashuvda La-ligadagi 300-golini urdi

Top