19:23 / 18.02.2016
3431

Caterpillar teplovizorga ega birinchi smartfon ishlab chiqardi

Caterpillar kompaniyasi ichki o‘rnatilgan teplovizorli birinchi smartfon ishlab chiqardi. Bu haqda The Verge nashri xabar bermoqda.

Teplovizor o‘rganilayotgan sirt haroratining taqsimlanishini kuzatish uchun mo‘ljallangan infraqizil kamera bo‘lib, turli harorat teplovizor displeyida turli rangda tasvirlanadi, bunda ma'lum haroratga ma'lum rang to‘g‘ri keladi.

Yangi Caterpillar S60 flagman smartfoni FLIR teplovizori va suvga chidamlilik standartini oldi. Bu standart smartfonga 5 metr chuqurlikda 1 soatgacha qolishga imkon beradi.

FLIR Systems kompaniyasi issiqlik kameralari ishlab chiqaradi va Caterpillar S60 smartfonida bunday kamera birinchi marta alohida qurilma sifatida qo‘llanmay, balki ichki o‘rnatilgan. U real vaqtda atrof-muhitning issiqlik tarqatishini ko‘rishga imkon beradi hamda uni "termo-video" ko‘rinishida yozib oladi. Tasvirga olish qobiliyati VGA (640x480 nuqta) format bilan cheklangan.

Caterpillar S60 smartfoni, shuningdek, Snapdragon 617 protsessori, 4,7-dyuymli ekran, 3 Gb tezkor xotira va 32 Gb ichki xotira bilan ta'minlandi. Asosiy kamera 13 Mp li, frontal kamera 5 Mp li. Bundan tashqari, smartfon Gorilla Glass 4 himoyasi bilan jihozlangan. Smartfonning taxminiy narxi 599 dollarni tashkil qiladi.

Top